10:12 / 24.08.2016
8477

Saudiya Arabistonida masjidga uyushtirilgan hujum bartaraf etildi

Xavfsizlik kuchlari xodimlari Saudiya Arabistonidagi masjidlardan biriga uyushtirilayotgan hujumning oldini olishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqida Al Arabia nashri xabar berdi

Manbaga ko‘ra, voqea 23 avgust kuni Ash-Sharqiyya provinsiyasi Al-Qatif tumanidagi Um-al-Hamam qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan. Taxminiy terrorchi qurolli kuchlar bilan bo‘lgan otishmada o‘ldirilgan. Voqea sodir bo‘lgan joyda tergov ishlari olib borilmoqda. 

Ash-Sharqiyya – mamlakatning asosan shia musulmonlari istiqomat qiluvchi yagona hududi. Shu bois bu yerda diniy tushunmovchiliklar asnosida ko‘p ziddiyatlar yuzaga keladi. 

Top