00:35 / 24.08.2016
11516

Turkiya hukumati: Rossiya Injirliqdagi NATO aviabazasidan foydalana olmaydi

Rossiya o‘z maqsadlarida Turkiya janubida joylashgan Injirliqdagi aviabazadan foydalana olmaydi, chunki u NATO ixtiyorida, deb ma'lum qildi Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari No‘'mon Kurtulmush.

"Injirliq – NATO bazasi. Rossiya NATO a'zosi hisoblanmaydi, shuning uchun Rossiyaning bu bazadan foydalanishining imkoni yo‘q", deb aytdi Kurtulmush.

Avvalroq Turkiya bosh vaziri Rossiya aviabazadan foydalanishi mumkinligini aytgani ma'lum qilingandi.

 

Mavzuga oid
Top