07:38 / 25.08.2016
4707

Kobuldagi Amerika institutiga hujum vaqtida bir talaba halok bo‘ldi

Afg‘oniston poytaxti Kobulda Amerika institutiga hujum vaqtida kamida bir talaba halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Bu haqda shahar shifoxonalari rahbari Muhammad Salim Rasuliy ma'lum qildi. Uning aytishicha, yana 14 kishi jarohat olgan. 

Avvalroq qurollangan kimsalar Amerika universitetiga hujum qilgani, universitet binosi ichidan portlash va otishma ovozlari kelayotgani ma'lum qilingandi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hujum vaqtida bino ichida xorijlik o‘qituvchilar va yuzlab talabalar bo‘lgan.

 

Top