10:13 / 25.08.2016
37267

Moskva xalqaro avtoko‘rgazmasida Ravon modellari namoyish qilindi

24 avgust kuni Moskvada o‘z ishini boshlagan xalqaro avtoko‘rgazmada R qatoriga mansub 4 ta Ravon modeli namoyish qilindi. 

Ko‘rgazmada Ravon modellari stendida R2 Spark, Nexia R3, Gentra va R4 modellari taqdim qilindi. Yangi Nexia R3 Rossiyada 1 sentabrdan, Chevrolet Cobalt 2013 bazasida tayyorlangan R4 modeli esa noyabrdan sotuvga chiqariladi.  

Avvalgi avloddagi Chevrolet Aveo negizida yaratilgan Nexia R3 modeli ko‘rgazma ishtirokchilari va unga tashrif buyurganlar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Hozirda Rossiya avtomobil bozorida R2 Spark 389 ming rubldan, Ravon Gentra 439 ming rubldan boshlab sotilmoqda. Endi sotuvga chiqariladigan Ravon Nexia R3 419 ming rubldan boshlab taklif qilinmoqda.

Moskva shahridan Kun.uz muxbiri

Top