16:08 / 25.08.2016
7840

Vetnamlik ayol sug‘urta puli olish uchun qo‘l-oyog‘ini kestirdi

Vetnamlik ayol sug‘urta to‘lovlarini olish uchun oyog‘ining kafti va qo‘lining bir qismini kesishni do‘stiga buyurtma qilganlikda ayblanmoqda. Bu haqda Daily Mail xabar yozgan.

Qayd etilishicha, ismi Lay Tri bo‘lgan ushbu 30 yoshli firibgar ayol o‘z qo‘l-oyog‘ini kesgani uchun tanishiga 2,2 ming dollar to‘lagan.

U sug‘urta kompaniyasidan 152 ming dollar miqdorida tovon puli olishga umid qilib, do‘sti Doan Van bilan til biriktirgan.

Ushbu ayol may oyida u poyezd ostiga tushib, jabrlanganligini ma'lum qilgan edi. Uning a'zolarini kesgan sherigi o‘zini tasodifiy guvohga chiqarib, tez yordamga qo‘ng‘iroq qilgan. U Xanoydagi temir yo‘ldan yaralangan ayolni topib olganligini ma'lum qilgan.

Biroq endi ayollar o‘z qilmishlariga iqror bo‘lishdi.

"2,2 ming dollarni yo‘qotish, chap qo‘l va chap oyoqning uchdan bir qismidan mahrum bo‘lish. Endi esa qamoq xavfi. Hech qanday foydasiz", deya bu xabarga izoh qoldirgan internet foydalanuvchilaridan biri.

Ayol omadsiz biznes yuritganligi va pulga muhtoj bo‘lganligi taxmin qilinmoqda. Politsiya hozircha ayol va uning sherigiga nisbatan ayblov e'lon qilish haqida yakuniy qarorga kelgani yo‘q.

Qayd etilishicha, Vetnamda bu shakldagi firibgarlik tez-tez uchrab turadi.

Top