14:29 / 26.08.2016
6825

Vitaliy Churkin: “Kosovodan IShID jangarilarini tayyorlash maydoni sifatida foydalanilmoqda”

Kosovodan IShID terrorchilik guruhi jangarilarini tayyorlash va tanlash maydoni sifatida foydalanilmoqda. Bu haqda BMT Xavfsizlik kengashidagi Rossiyaning doimiy vakili Vitaliy Churkin aytib o‘tgan.

«Huquq-tartibot organlari va xavfsizlik tizimining kuchsizligi tufayli Yevropaning qoq markazida “kulrang zona” paydo bo‘ldi… Bu esa u yerda terrorchilarni tanlash va tayyorlashga zamin yaratmoqda. IShID tarkibida yevropaliklardan jang qiluvchilar orasida Kosovo kuchli uchlikka kiradi», — deb Churkinning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda RIA “Novosti”.
 

Top