09:57 / 27.08.2016
16632

KAMAZ haydovchisiz mikroavtobuslarini namoyish etdi

Moskvada bo‘lib o‘tayotgan xalqaro avtoko‘rgazma (MMAS-2016) doirasida KAMAZ avtokonserni konstruktorlari kelajakda jamoat transportlari o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan muqobil mikroavtobuslarini namoyish etdi. 

Umuman, mazkur transport vositasi o‘zida to‘liq ekotizimni mujassam etgan. Mikroavtobuslarning e'tiborli jihati, ular avvaldan belgilangan yo‘nalishda qatnamasligidir. Gap shundaki, uning yo‘nalishi yo‘lovchilar talabidan kelib chiqib belgilanadi. 

Xususan, mijoz mobil ilova orqali o‘zi turgan joy va boradigan manzilini kiritsa, bulutli xizmat uning yaqinidagi kishilarni to‘plab, shu yerga mikroavtobusni jo‘natadi. Bundan tashqari, buyurtma chog‘ida, yo‘lovchi Shatldan qanday tartibda: taksi yoki jamoat transporti sifatida foydalanmoqchi bo‘lganiga ham oydinlik kiritsa bas. 

Sinov ishlari muvaffaqiyatli yakunlansa, yirik shaharlarda shu kabi mikroavtobuslar tarmoqlari barpo etiladi. 


 

Top