Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqish jarayonini boshlash huquqini beradigan Lissabon kelishuvining 50-moddasini mamlakat parlamenti roziligisiz ishga tushirmoqchi. Bu haqda Daily Telegraph nashri xabar bermoqda.  

Brexit’ga qarshi chiqayotganlar Yevropa Ittifoqidan chiqish masalalasi britan parlamentining quyi palatasida sinchkovlik bilan ko'rib chiqilishi kerakligini, chunki referendum "tavsiya xarakteriga ega bo'lganligini" aytishmoqda. Biroq nashr manbalariga ko'ra, Mey buning uchun parlament roziligini kutib o'tirmoqchi emas.

Manbalarning ta`kidlashicha, Mey "Brexit bo'lgandan keyin Brexit" ekanligiga ishonadi va raqiblarga Yevropa Ittifoqidan chiqishni to'xtatish imkoniyatini berish zarurati yo'q deb hisoblamoqda. Mey huquqshunoslar bilan maslahatlashganda ular Meyga parlament roziligisiz 50-moddani boshlash huquqi borligini ma`lum qilishgan. Ma`lum qilinishicha, Mey bu huquqidan foydalanmoqchi. 

Nashrning yozishicha, Meyning bunday yo'l tutayotganiga sabab quyi palatada Brexit’ga qarshi chiqayotganlar sonining ko'pligidadir. Bu esa mamlakatning YeI tarkibidan chiqish jarayonining parlament tomonidan ma`qullanishini yillarga cho'zib yuborishi mumkin.