21:05 / 28.08.2016
40649

Hafta dayjesti: Rio qahramonlari, Italiya fojiasi, Turkiyaning Suriyaga kirishi, O‘zbekiston Mustaqillikning 25 yilligi arafasida

Rio-de-Janeyrodagi olimpiada yakuni bilan boshlangan haftada Kun xabarlari Italiyadagi dahshatli zilzilalar, Turkiyaning qo‘shni Suriyaga kirishi bilan davom etdi va Moskvadagi dahshatli yong‘inga ulandi. Yakunlanib borayotgan haftada O‘zbekiston va jahonda ro‘y bergan turli voqea-hodisalarning eng asosiylari Kun.uz’ning haftalik dayjestida.

1. Mustaqillik bayrami arafasida xavfsizlik choralari kuchaytirildi

O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligi tantanalari arafasida jamoatchilik tartibi, yo‘l harakati xavfsizligi va yong‘in xavfsizligini ta'minlash, shuningdek, favqulodda vaziyatlar oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar kuchaytirildi.
>>> Batafsil

2. Toshkent aeroportida olimpiyachilar kutib olindi

23 avgust kuni Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida 4ta oltin, 2ta kumush va 7ta bronza olib, yuqori natijalarni qayd etgan O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Toshkentga qaytib kelishdi.
>>> Batafsil

3. Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‘li orqali yuk poyezdlari harakatlanishi boshlandi

Temir karvonlarda asosan neft va neft mahsulotlari, kimyoviy mineral o‘g‘itlar Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga yetkazib berilmoqda.
>>> Batafsil

4. Italiya zamini silkindi

25 avgust kuni Italiyaning markaziy qismida 6,1 balli zilzila kuzatildi. Qurbonlar soni 281 nafar, 300ga yaqin kishi jarohatlandi.
>>> Batafsil

5. Turkiya armiyasi Suriyaga kirdi

25 avgust kuni Turkiya tanklari va samolyotlari Suriyadagi IShID marralariga zarbalar berdi. Turkiya bu harbiy operatsiyani terrorchilar hujumidan o‘zini himoya qilish IShID va Suriya kurdlariga qarshi boshladi.
>>> Batafsil

6. Toshkent – Buxoro yo‘nalishida «Afrosiyob» tezyurar poyezdining ilk qatnovi amalga oshirildi

«Afrosiyob» elektr poyezdi Toshkentdan Buxorogacha bo‘lgan 600 kilometrlik masofani ilgarigidek 7—8 soatda emas, 3 soatu 20 daqiqada bosib o‘tish imkoniyatiga ega.
>>> Batafsil

7. Reportaj: Moskva avtosaloni-2016

Bu yil mazkur avtosalonda ishtirok etishni istovchi kompaniyalar soni besh martaga qisqargan. 
>>> Batafsil

8. Angren – Pop yo‘nalishida birinchi yo‘lovchi poyezdi qatnovi amalga oshirildi

7 avgust kuni Angren – Pop elektrlashtirilgan yangi temir yo‘l liniyasi orqali Toshkent – Andijon yo‘nalishida birinchi yo‘lovchi poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi.
>>> Batafsil

9. Toshkentda issiq suvning kuzgi uzilishi jadvali tasdiqlandi

Toshkentda 2016—2017 yillar isitish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 6—30 sentabr kunlari issiqlik tarmoqlarining iste'molchilarni issiq suvdan uzmagan holatdagi sinovlari o‘tkaziladi. 
>>> Batafsil

10. Moskvadagi yong‘in oqibatida 14 nafar qirg‘izistonlik halok bo‘ldi

Moskvaning Altufevsk shossesida joylashgan «Pechatniy ekspress» MChJ bosmaxonasiga qarashli omborda 27 avgust, shanba kuni ertalab ro‘y bergan yong‘in oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi.
>>> Batafsil

Top