20:41 / 28.08.2016
7919

Germaniya AQSh va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida erkin savdo hududi bo‘yicha muzokaralar barbod bo‘lganini ma'lum qildi

Germaniya iqtisodiyot vaziri Zigmar Gabriel AQSh va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida erkin savdo hududi yaratish bo‘yicha muzokaralar barbod bo‘lganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Vazir muzokaralarning barcha asosiy bo‘limlari bo‘yicha rivojlanish yo‘qligini ta'kidlab o‘tdi.

"Fikrimcha, AQSh bilan muzokaralar de-fakto barbod bo‘ldi, biroq buni hech kim tan olmayapti", deb aytdi Gabriel.

Avvalroq Oq uyda Transatlantik erkin savdo hududi yaratish bo‘yicha muzokaralar yil oxirigacha yakunlanishiga umid qilinayotgani ma'lum qilingandi. 

 

 

Top