15:52 / 28.08.2016
6673

Shveytsariya Mudofaa vaziri mamlakatda terroristik xavf darajasi o‘cib borayotganini qayd etdi

Shveytsariya Mudofaa vaziri Gi Parmelen ma'lum qildiki, mamlakatda terroristik xavf darajasi o‘sib bormoqda.

"Fransiya, Belgiya, Germaniya va Yevropaning boshqa hududlarida yuz bergan teraktlarni aytmaganda ham  tadqiqotlar Shveytsariyada terroristik xavf darajasi oshib borayotganini ko‘rsatmoqda", deya Parmelenning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Vazir vaziyatni baholash ishlari davom ettirilishini ta'kidlagan.

Uning qayd etishicha, Shveytsariya terroristik guruhlarga qarshi kurash olib bormayotgan bo‘lsada, AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaning delegatsiyalari uchrashuvlar o‘tkazadigan mamlakat hisoblanadi va shu sababdan bu mamlakatga tahdid mavjud.

"Biz bu davlatlarning diplomatik missiyalariga oid ma'lumotlarning xavfsizligini ta'minlashga mas'ulmiz, shu bilan birga mamlakat fuqarolari xavfsizligini ta'minlashga ham", degan vazir.

Top