10:11 / 29.08.2016
5951

Havayi orollarida Marsga parvoz taqlidi poyoniga yetdi

Amerikaning Havayi orollarida bir yillik ilmiy tadqiqot yakunlandi. Unda, Mars sayyorasiga parvoz qilish taqlid qilingan edi. Bu haqda, Havayi Universiteti vakillari ma'lum qilishdi. Ular NASA bilan birgalikda HI-SEAS deb nomlangan ushbu loyihani tashkil etishgandi. 

2015-yil 28-avgustida boshlangan tajriba shartlariga ko‘ra, AQSh, Fransiya va germaniyalik 6 nafar ko‘ngilli 366 kun mobaynida butunlay tashqi dunyodan uzilgan holda, Mars peyzajini xotirlatuvchi Mauna-Loa uxlayotgan vulqon yonbag‘rida barpo etilgan maxsus gumbaz shaklidagi yopiq majmuada istiqomat qilishgan. 

""Mars jamoasi" bir yil o‘tib, Havayi orollaridagi gumbazdan Yer sivilizatsiyasiga qaytishdi", - deyiladi Twitter tarmog‘idagi HI-SEAS sahifasida. 

Top