19:55 / 29.08.2016
5858

Drakslerning «PSJ»ga o‘tishi futbol tarixidagi eng qimmatbaho transferlardan biri bo‘lishi mumkin

«Volfsburg» yarim himoyachisi Yulian Draksler «PSJ»ga o‘tishga yaqin turibdi.

Bild nashri ma'lumotiga ko‘ra, uning agenti Roger Vittmann ayni vaqtda«PSJ» bilan shartnoma jihatlarini muhokama etish uchun Parijda bo‘lib turibdi.

Bundan oldingi xabarlarda, parijliklar Draksler uchun 75 million yevro – uning shartnomasida ko‘rsatilgan tovon pulini to‘lashga tayyorligi aytilgandi.

Drakslerning o‘zi yozgi transferlar darichasi ochilganidan buyon «Volfsburg»ni tark etishni istamoqda, lekin klub uni qo‘yib yubormoqchi emas va uni bu boradagi intervyusi uchun 100 ming yevro miqdoridagi jarimaga tortgan.

Agar Germaniya terma jamoasiga nomzod bo‘lgan ushbu yosh futbolchining Parij jamoasiga o‘tishi amalga oshsa, bu transfer futbol tarixidagi eng qimmatbaho transferlar o‘nligiga kiradi.

Mavzuga oid
Top