18:25 / 29.08.2016
9460

Geynrix Suriya va Qatarga qarshi o‘yinlar uchun tarkibga kiritildi

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Jahon chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi dastlabki ikki uchrashuv uchun tarkibni ma'lum qildi. Bu haqda Tribuna.Uz sayti xabar berdi.

O‘zbekiston terma jamoasi 1 sentabr kuni saralashning uchinchi bosqichi dastlabki o‘yinlari doirasida Toshkentda Suriyani qabul qiladi. 6 sentabr kuni esa safarda Qatarga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Samvel Babayan boshchiligidagi murabbiylar shtabi Suriya va Qatarga qarshi o‘yinlar uchun quyidagi futbolchilarni tarkibga jalb etgan:

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”)

Himoyachilar: Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”), Yegor Krimets (“Beyjing Goan” – Xitoy), Anzur Ismoilov (“Changchun Yatay” – Xitoy), Azim Ahmedov (“Paxtakor”), Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” – Rossiya), Stanislav Andreyev (“Paxtakor”), Otabek Shukurov (“Paxtakor”).

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“Krasnodar” – Rossiya), Aziz Haydarov (“Ash-Shabob” – BAA), Sardor Rashidov (“Al-Jaish” – Qatar), Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”), Jasur Hasanov (“Qizilqum”), Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Marat Bikmayev (“Lokomotiv”), Doston Hamdamov (“Bunyodkor”), Salamat Qutiboyev (“Buxoro”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Server Jyeparov (“Lokomotiv”)

Hujumchilar: Igor Sergeyev (“Beyjing Goan” – Xitoy), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi” - Qozog‘iston)

Top