23:58 / 30.08.2016
6969

Abu-Dabida qurilishdagi yong‘inda odamlar jabr ko‘rdi

Foto: © REUTERS

BAAning poytaxti Abu-Dabida Zaxiya tumanida qurilayotgan binolar majmuasidagi yong‘in vaqtida 13 kishi, jumladan 10 o‘t o‘chiruvchi is gazidan yengil zaharlandi. Bu haqda WAM axborot agentligi xabar bermoqda.

30 avgustda ertalab boshlangan yong‘in o‘chirildi. Qurilishdagi barcha quriluvchilar evakuatsiya qilingan, ulardan ba'zilari binodan kuchli yong‘in tufayli mustaqil chiqa olmaganlar.

Yon-atrofdagi turar joy binolari aholisi ham evakuatsiya qilindi. Ma'lumotlarga ko‘ra, o‘t o‘chirishda kamida 10 ta yong‘in brigadasi ishtirok etgan. Yong‘inni o‘chirish kuchli shamol sababli qiyinlashgan.

Qurilayotgan majmuadagi 28 qavatli ikkita bino turar joy va mehmonxonalar uchun mo‘ljallangan.

 

Top