23:06 / 30.08.2016
5242

Fransiya prezidenti mamlakat iqtisodiyot vaziri iste'fosini qabul qildi

Foto: © REUTERS

Fransiya iqtisodiyot vaziri Emmanuel Makron 30 avgustda o‘z lavozimini tark etdi. Uning o‘rnini moliya vaziri Mishel Sapen egallaydi va u ikki vazirlikka boshchilik qiladi.

Xabarga ko‘ra, Makron "o‘zini o‘z siyosiy harakatiga to‘liq bag‘shida qilish" uchun iste'foga ketgan.

Kunduzi Fransiya prezidenti Fransua Olland Makron bilan 40 daqiqaga yaqin muzokara olib borgan.

Makron iqtisodiyot vaziri lavozimini 2014 yil 26 avgustda egallagan.

 

Top