23:29 / 30.08.2016
8271

Xitoyda ikkita Ferrari 488 GTB superkari to‘qnashib ketdi

Xitoyning Litszyan shahrida ikkita Ferrari 488 GTB superkari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda. 

Mashinalardan birining egasi voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilarga to‘qnashuvga yo‘lga yugurib chiqqan it sabab bo‘lganini aytgan. U itni chetlab o‘tmoqchi bo‘lganda yonidan o‘tib ketayotgan boshqa mashinaga urilgan.

Biroq politsiya voqeaning boshqacha taxminini ilgari surmoqda. Uning fikricha, superkarlar egalari bir-birlari bilan tanish bo‘lib, ular noqonuniy poygalar uyushtirmoqchi bo‘lganlar. Bundan ular mashinalarining yopib qo‘yilgan davlat raqamlari ham dalolat bermoqda.

 

 

Top