13:54 / 30.08.2016
12972

OAV: KXDRda Kim Chen In buyrug‘iga binoan 2 amaldor pulemyotda otib tashlandi

KXDRda mamlakat yetakchisi Kim Chen In buyrug‘iga binoan 2 nafar yuqori mansabli amaldor omma oldida qatl etilgan. Bu xaqda Janubiy Koreyaning JoongAng Ilbo gazetasi xabar tarqatgan.

Xabarda yozilishicha, sobiq qishloq xo‘jalik vazirligi Xvan Min va ta'lim vazirligida yuqori lavozimda faoliyat ko‘rsatgan Ri Yon Chjin omma oldida zenit pulemyotidan o‘qqa tutilgan.

Qatl Kim Chen Inning shaxsiy buyrug‘i bilan Pxenyandagi harbiy akademiya hovlisida amalga oshirilgan.

Xvan Minning otilishiga u Kim Chen Inga qarshi ko‘rsatma berishda ayblangani sabab bo‘lgan. KXDR yetakchisi uning harakatlarini «shaxsiy da'vat sifatida qabul qilgan».

Li Chon esa majlis chog‘ida Kim Chen In nutq so‘zlayotganida uxlab qolgach, darhol hibsga olingan va qizg‘in so‘roq qilinib, so‘ng korrupsiyada ayblangan va qatl qilingan.

Nashrda yozilishicha, bu ma'lumot tasdiqlansa, bu qatl Kim Chen In hokimiyat tepasiga kelganidan buyon omma oldida amalga oshirilgan ilk qatl sifatida hisoblanadi.

Xabarda aytilishicha, bu qatllar shimoliy koreyalik diplomatlarning va turli darajadagi amaldorlarning mamlakatdan qochib ketayotgani borasidagi tekshiruvlar natijasi bo‘lishi ham mumkin.

1 avgust kuni shimoliy koreyalik amaldor 40 mln dollar miqdoridagi mablag‘ bilan Xitoyga qochib o‘tgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top