09:19 / 30.08.2016
4055

Portugaliyaning sobiq bosh vaziri BMT bosh kotibi lavozimiga saylovlarda hamon yetakchilik qilmoqda

Portugaliyaning sobiq bosh vaziri Antoniu Guterrish BMT bosh kotibi lavozimiga yashirin saylovlarning 3-bosqichidan keyin ham yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

Ta'kidlanishicha, 3-bosqichda Guterrish o‘z foydasiga 11 ta ovoz olgan. BMT Xavfsizlik kengashining uch a'zosi uning nomzodiga qarshi chiqqan, yana bir a'zo betaraflik bildirgan.

2017 yilning 1 yanvarida vakolati tugaydigan BMTning amaldagi bosh kotibi Pan Gi Mun, o‘z navbatida, BMT bosh kotibi sifatida ayol kishini ko‘rmoqchiligini aytgan.

Top