15:02 / 31.08.2016
4901

Fransiya HHK samolyotlari Boltiqbo‘yi davlatlari havo hududida patrullik qilishga kirishdi

Fransiya harbiy-havo kuchlarining samolyotlari Boltiqbo‘yi mamlakatlari havo hududida patrullik qilishni boshladi. Bu haqda TASS agentligi xabar bergan.

Fransiyaning to‘rtta Mirage 2000 rusumli qiruvchisi Litvaning Zoknyay aviabazasiga yo‘llangan. Bu samolyotlar NATO a'zolarining hamkorlik kelishuvi asosida keyingi 4 oy davomida Boltiqbo‘yida qoladi. Fransiyalik uchuvchilar 4 oydan buyon hududda patrullik qilib kelgan Portugaliya HHKning 4ta F-16 Fighting Falcon rusumli harbiy qiruvchilari o‘rnini egallagan.

Bundan tashqari, mamlakat sharqidagi Lyuksyoy aviabazasiga 100 kishidan iborat kontingent yo‘llangan.

Boltiqbo‘yi mamlakatlari o‘z havo hududini aviatsiya orqali nazorat qila olmaydi. Shu sababli 2004 yildan buyon NATO a'zolari har 4 oyda o‘rin almashib, bu davlatlarning havo hududida patrullik qiladi.

Top