18:24 / 31.08.2016
6017

KIA kompaniyasining yangi ixcham krossoveri 

Yaqinda Koreya avtomobilsozlik sanoati vakillaridan biri KIA kompaniyasining yangi krossoveri sinov jarayonlarida ko‘zga tashlangan edi. «Kolyosa.ru» portali o‘ziga xos tashqi ko‘rinishga ega ushbu avtomobil dizayniga oydinlik kiritishga qaror qildi

Har holda, yangi model old chiroqlari alohida joylashadi. Ya'ni, tepa qismida burilish va kunduzgi chiroqlar, pastda asosiy yoritqich chiroq joylashadi. Bu dizayn, yangi Jeep Cherokee va Nissan Juke orqali yaxshi tanishligini ham qayd etish lozim. Yapon modeli Koreya mashinasiga raqobatchi bo‘lishi aniq. 

Mashina yon tomonlari orqa eshik ochqichlari atrofida biroz bukilgan bo‘lishi mumkin. Uning orqa chiroqlari baland joylanib, oynasi anchagina tor bo‘ladi. Raqam o‘rnatiladigan joyi yukxona quyi qismida bo‘ladi. 

Top