17:52 / 31.08.2016
33733

Toshkent davlat stomatologiya institutiga yangi rektor tayinlandi

Hukumat qarori bilan Rizayev Jasur Alimjanovich Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori etib tayinlandi. Bu haqida institutdagi manbalariga asoslangan holda xushnudbek.uz sayti ma'lum qilgan.

Bungacha Jasur Rizayev Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi bosh shifokori hamda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining 2-Stomatologiya kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlab kelayotgan edi.

Jasur Rizayev 1974 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.

1996 yil Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 1998-2000 yillarda katta laborant, 2000-2007 yillarda assistent, 2007-2008 yillarda 1-TDTIda dotsent, 2008-2011 yillarda Toshkent shahar Uchtepa tuman tibbiyot birlashmasida rahbar bo‘lib faoliyat yuritgan.

2011 yildan buyon Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi bosh shifokori, 2016 yildan buyon Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining 2-Stomatologiya kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan.

2006 yilda tibbiyot fanlari nomzodligi uchun, 2016 yili tibbiyot fanlari doktorligi uchun dissertatsiyalarni himoya qilgan. 60 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.

Ma'lumot uchun, bungacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 7 avgustdagi qarori asosida Xabilov Nigmon Luqmonovich Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Mavzuga oid
Top