13:15 / 31.08.2016
6672

Tramp Meksika prezidenti taklifini qabul qildi

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Meksika prezidenti Enrike Penyaning taklifini qabul qildi va bugun ular Meksikada uchrashishadi. Bu haqida Tramp va Penya o‘zlarining tvitterlarida ma'lum qilishdi. 

“Men Meksika prezidenti Enrike Penyaning taklifini qabul qildim va bu uchrashuvni intizorlik bilan kutib qolaman”, - deb yozdi milliarder. 

“AQSh bilan ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilish uchun mamlakat prezidentligiga nomzodlarni Meksikaga taklif qildim. Ertaga Donald Tramp bilan uchrashaman”, - deya xabar qildi Penya. 

Tramp avvalroq noqonuniy muhojirlar oqimini to‘xtatish uchun Meksika bilan chegarada devor qurish zarurati haqida bir necha marta ta'kidlagandi.

Mavzuga oid
Top