23:00 / 01.09.2016
14422

Qozog‘iston prezidenti G20 sammitida ishtirok etish uchun Xitoyga yetib keldi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ishchi tashrif bilan Xitoyga yetib keldi, deb ma'lum qildi Nazarboyev matbuot xizmati.  

"Nursulton Nazarboyev Xanchjouga G20 sammitida ishtirok etish uchun yetib keldi", deyilmoqda xabarda.

Tashrif vaqtida Qozog‘iston prezidentining Xitoy raisi bilan uchrashuvi hamda delegatsiyalar rahbarlari bilan muzokaralari rejalashtirilgan.  

Sammit 4-5 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

Top