17:44 / 01.09.2016
14267

Kun sensatsiyasi. Yaponiya o‘z maydonida BAAga mag‘lub bo‘ldi

Osiyoda JCh-2018 saralash bosqich o‘yinlari davom etmoqda. Dastlabki turning sensatsiyasi Tokioda ro‘y berdi. 

Yaponiya terma jamoasi kutilmaganda BAAga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. "A" guruhi vakillari o‘rtasida kechgan bahsda Xonda dastlab mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Keyinchalik esa BAA bu golga ikki marotaba javob qaytara olishdi. BAAning yetakchi hujumchisi Ahmad Xalil 20 va 54-daqiqalarda gol kiritib, terma jamoasiga g‘alaba keltirdi. 

Yaponiya - BAA - 1:2
Gollar:
 Keysuke Xonda (11) - Axmad Xalil (20,54)
Ogohlantirishlar: Xiroki Sakay, 16, Maya Yoshida, 19 - Moxanad Salem, 10, Volid Abbos, 80.

Manba: Tribuna.uz

Top