10:55 / 01.09.2016
5348

Shvaynshtayger Germaniya terma jamoasi safida so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi

Germaniya va Finlyandiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi germaniyalik yarim himoyachi Bastian Shvaynshtayger uchun milliy terma jamoa safidagi so‘nggi uchrashuv bo‘ldi.

Futbolchi jamoadoshlarini oxirgi marta maydonga boshlab tushdi. U hakamning o‘yinni boshlash haqidagi hushtagi chalinishi oldidan ko‘z yoshlarini tiya olmadi.

O‘yinning 68-daqiqasida 32 yoshli futbolchi o‘rniga maydonga Yulian Vaygl tushdi.

Shvaynshtayger Germaniya terma jamoasi sharafini 12 yil davomida himoya qildi. Bu vaqt davomida u 121ta o‘yin o‘tkazdi. U 2014 yilda Germaniya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘ldi.

Manba: Tribuna.uz

Mavzuga oid
Top