12:03 / 01.09.2016
117193

Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishli poyezd chipta narxlari ma'lum bo‘ldi

2016 yil 5 sentabrdan boshlab yangi 60/59-sonli Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab «O‘zbekiston» yo‘lovchi poyezdining muntazam harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati xabar bergan.

Poyezd Toshkent markaziy vokzalidan soat 08:05da jo‘nab ketib, Andijon vokzaliga soat 14-05da yetib boradi hamda Andijon vokzalidan soat 15:25da yo‘lga chiqib, Toshkent markaziy vokzaliga 21:25da yetib keladi.

Poyezd yo‘l davomida Pop, Qo‘qon, Marg‘ilon shaharlaridagi vokzallarda to‘xtaydi.

Poyezd vagonlari 3 xil toifaga bo‘lingan: Econom - 45 000 so‘m, Business klass - 68 000 so‘m va VIP klass - 130 000 so‘m.

60/59-sonli Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab yangi yo‘lovchi poyezdi haqidagi batafsil ma'lumotlarni 1005 qisqa raqamidan olish mumkin.

Mavzuga oid
Top