09:40 / 02.09.2016
15511

AQSh davlat qarzi rekord miqdorga yetdi

AQShning umumiy davlat qarzi rekord darajadagi 19,5 trln dollarga yetdi. Bu haqda AQSh mudofaa vazirligi ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Washington Examiner.

Ta'kidlanishicha, Barak Obamaning hokimiyat tepasiga kelishidan avval AQSh davlat qarzi 10,5 trln dollar bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, Obamaning prezidentlik muddati yakunlanguncha ushbu ko‘rsatkich 20 trln dollardan oshib ketadi.

AQSh moliya vazirligi avgust boshida 2016 yilning ikkinchi yarmida AQSh davlat qarzi 383 mlrd dollarni tashkil qilishini prognoz qilgandi.

Top