14:52 / 02.09.2016
9892

Putin: G20 tashqi siyosatga aralashmagani ma'qul 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin G20 mamlakatlari tashqi siyosatga aralashmagani ma'qul ekanligini ma'lum qildi. Bu haqida u Bloomberg nashriga intervyu berdi

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Suriyadagi vaziyatni muhokama qilish uchun boshqa maydonlar ham bor, masalan BMT. 

"O‘ylaymanki, G20 bunga aralashmagani yaxshi, buning uchun boshqa maydonlar ham bor. G20 eng avvalo dunyo iqtisodiyoti masalalarini muhokama qilish uchun to‘planadi", - deya ma'lum qildi Putin. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, siyosat iqtisodiy jarayonlarga ta'sir qiladi, lekin dunyo siyosatiga oid masalalarni G20'ga "yuklansa", u holda "yigirma"ning kun tartibini qayta tuzish mumkin va "moliyaviy, iqtisodiyotdagi tuzilmaviy o‘zgarishlar, soliq bilan bog‘liq masalalarning o‘rniga Suriyadagi muammolar yoki qandaydir boshqa dunyoviy masalalari haqida to‘xtovsiz bahslashib o‘tiraveramiz". 

Mavzuga oid
Top