16:40 / 03.09.2016
10895

Moldova va Ukraina hukumatlari O‘zbekiston prezidenti vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi 

Moldova va Ukraina hukumatlari O‘zbekiston prezidenti vafoti munosabati bilan uning oilasi va butun o‘zbek xalqiga hamdardlik bildirdi. 

Moldova prezidenti Nikolay Timofti, parlamenti spikeri Andrian Kandu va bosh vaziri Pavel Filip "Moldova va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va hamkorlikka katta hissa qo‘shgan" Islom Karimovning vafoti munosabati bilan chuqur ta'ziya bildirdilar. "Karimov og‘ir damlarda O‘zbekistonning yetakchisi, ozodlik va mamlakatning mustaqilligi uchun kurash ramzi hamda mamlakat taraqqiyotining bosh omilkori bo‘ldi. Islom Karimov avlodlar xotirasida zamonaviy O‘zbekistonning eng ahamiyatli shaxsi sifatida yodda qoladi. Karimovning oilasi va butun o‘zbek xalqiga samimiy hamdardligimiz va chuqur qayg‘umizni bildirib qolamiz", deb aytilgan ta'ziya matnida. 

Shuningdek, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ham o‘z ta'ziyasini bildirdi. "Ukraina prezidenti do‘stona o‘zbek xalqiga Islom Karimov vafoti munosabati bilan chuqur ta'ziya bildiradi", deb aytildi Poroshenko ma'muriyatida. 

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 3 sentabrda Samarqandda dafn etiladi.

Top