18:13 / 03.09.2016
10188

Turkiya Suriyada yangi front ochdi

Turkiya tanklari Suriya hududiga kirib, IShID jangarilari pozitsiyalarini o‘qqa tutdi, deb xabar bermoqda DHA axborot agentligi. 

Turkiya armiyasi o‘tgan haftada IShIDga qarshi "Frot qalqoni" deb nomlangan operatsiyani boshladi va Suriya muxolifati ishtirokida Suriyaning Jarablus shahrini qo‘lga oldi. Suriya Kurdistonida Turkiya Jarablus shahridan keyin Ar-Rai (50 km g‘arbga tomon), undan keyin Al-Bob (Ar-Raidan janubga tomon 50 km uzoqlikda) shahrini qo‘lga olishni rejalashtirayotgani aytildi. Al-Bob orqali Halabga yo‘l ochiladi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, operatsiyaning 11-kuni 20 ta tank, 5 ta bronetransportyor va yuk mashinasi Suriyaning IShID nazoratida bo‘lgan hamda Turkiyaning Kilis viloyatidagi Cho‘bonbey qishlog‘i yaqinidagi hududiga kirib, jangarilar pozitsiyalarini o‘qqa tutdi. 

Ma'lum qilinishicha, turkiyalik harbiylar texnika o‘ta olishi uchun Suriya bilan chegarada qurilayotgan devordan darcha ochishgan.  

Turkiya tashqi ishlar vazirligi kurdlarga Frotdan sharqqa tomon ketishni talab qilib ultimatum qo‘ygandi. AQSh Turkiyaning kurdlarga zarba berayotganini tanqid qilgan va e'tiborni IShIDga qarshi kurashga qaratishga chaqirgan. Damashqda Anqaraning harakatlari Suriya suverenitetining buzilishi deb atalgan.

Top