02:19 / 04.09.2016
9017

Xitoy AQSh bilan o‘zaro hurmat asosida ishlash niyatini bildirdi

Xitoy AQSh bilan ikki tomonlama munosabatlarni o‘zaro hurmat asosida va qarama-qarshilik bo‘lmagan tarzda rivojlantirishni istaydi, deb aytdi Xitoy raisi Si Tszinpin.

"Xitoy AQSh bilan ikki tomonlama munosabatlarni to‘g‘ri yo‘nalishda olib borish, o‘zaro hurmat, qarama-qarshilik bo‘lmagan va o‘zaro manfaatli hamkorlik tamoyiliga amal qilish, o‘zaro ishonchni mustahkamlash va hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor", deb aytdi Si Tszinpin AQSh prezidenti Barak Obama bilan uchrashuvda.

Obama 3 sentabrda Xitoyning Xanchjou shahriga G20 sammitida ishtirok etish uchun keldi.

Xitoy raisi Xitoy-AQSh munosabatlarining sog‘lom va barqaror rivojlanishini olg‘a surish uchun tomonlarni mavjud ziddiyatlarni samarali tarzda hal qilishga chaqirdi.

 

Top