22:53 / 04.09.2016
21709

Putin va Erdo‘g‘anning uchrashuvi tafsilotlari ma'lum qilindi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an G20 sammiti doirasidagi uchrashuv vaqtida Suriyadagi vaziyatni hamda ikki tomonlama munosabatlarning turli jihatlarini muhokama qilishgan. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.

«Ular yetarlicha uzoq vaqt o‘tirishdi,  delegatsiyalar vakillari ham. Shuningdek, tashqi ishlar vazirlari yuzma-yuz gaplashishdi. Ular Suriya masalasida atroflicha fikr almashishdi», — deya Peskovning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

U siyosatchilar barcha formatlarda yangi qadamlar tashlashga tayyorlanish xususida gaplashganini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, G20 ("katta yigirmalik") – jahonning iqtisodiy va moliyaviy masalalari muhokama qilinadigan eng katta muzokaralar maydoni bo‘lib, jahonning eng iqtisodiy rivojlangan 20 mamlakatini o‘z ichiga qamrab olgan. Ushbu 20 mamlakat hisobiga dunyo YaIMining 85 foizi to‘g‘ri keladi. 2013 yilda G20 forumiga Rossiya raislik qilgan edi. 2014 yilda – Avstraliya, 2015 yilda esa – Turkiya.

Mavzuga oid
Top