10:24 / 05.09.2016
7059

Afrika Millatlar Kubogi-2017 turnirining barcha ishtirokchilari ma'lum bo‘ldi

Afrika Millatlar Kubogi-2017 turnirining saralash bosqichi yakunlandi va barcha ishtirokchilar nomi ma'lum bo‘ldi.

Turnirda Gabon (mezbon sifatida), Jazoir, Burkina-Faso, Gana, Gvinei-Bisau, Kongo DR, Misr, Zimbabve, Kamerun, Kot-d’Ivuar, Mali, Marokash, Senegal, Tunis, Togo va Uganda terma jamoalari ishtirok etadi.

Turnir 2017 yilning 21 yanvaridan 12 fevraligacha bo‘lib o‘tadi. 

Turnirning amaldagi g‘olibi Kot-d’Ivuar terma jamoasi hisoblanadi.

Manba: Tribuna.uz

Mavzuga oid
Top