10:12 / 05.09.2016
11376

YeIdagi migratsion inqiroz mavzusi G20 sammiti vaqtida munozaralarga sabab bo‘lmoqda

Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan G20 sammitida Yevropada yuzaga kelgan muhojirlar inqirozi masalasi delegatlar o‘rtasida bahsni yuzaga keltirib chiqardi. Bu haqda RIA Novosti o‘z manbasiga asoslangan holda xabar bergan.

Agentlik manbasiga ko‘ra, bu mavzu sammit yakunlari bo‘yicha qabul qilinadigan kommyunike loyihasini muhokama etishda bahsli masalalardan biri bo‘ldi.

«Qochoqlar borasida bahs ketdi. Turkiya va Yevropa boshqa davlatlar ham mazkur muammoni tan olishi va hal etilishi uchun nimadir qilishi kerak, deb hisoblamoqda», — deya hikoya qilgan manba.

Shuningdek, iqlim, ortiqcha quvvatlar va hududiy tegishlilik masalalari ham qizg‘in bahslarga sabab bo‘ldi.

U Yevropa Ittifoqidagi bu muammo sammit yakunlariga ko‘ra 5 sentabr kuni qabul qilinadigan bayonnomada aks etishini qayd etib o‘tgan.

Bundan oldinroq Xitoy rahbari Janubiy Koreyada raketalarga qarshi mudofaa tizimlari o‘rnatilishiga qarshi chiqqani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top