22:55 / 05.09.2016
7681

Qozonda musulmon kinolari festivali o‘z ishini boshlaydi

XII Qozon Xalqaro musulmonlar kinofestivalining ochilish marosimi din vakillari va kinomatografiya olami vakillari ishtirokida dushanba kuni o‘tkaziladi. Bu haqda festivalning rasmiy sayti xabar beradi.  

"Yulduzlar yo‘lakchasi bo‘ylab taniqli rejissyorlar Aleksandr Proshkin, Siddiq Barmaq, Usman Saparov, Yuriy Bikov, Majid Majidi, Konstantin Lopushanskiy, Yusuf Roziqov, aktyorlar Yuriy Nazarov, Lyudmila Xityayeva, Lyudmila Maltseva, Boris Lvovich, Polina Tolstun, Irida Xusainova, qo‘shiqchilar Renat Ibragimov va Tamara Yandiyeva, kinooperator Valeriy Sevastyanov va boshqalar yurib o‘tishadi", — deyiladi xabarda.

Joriy yili 11 sentabrgacha davom etuvchi tanlov dasturida 33 mamlakatdan 60ta filmlar ishtirok etadi. Kinofestival saytidagi ma'lumotga ko‘ra, saralash komissiyasi 50dan ortiq davlatning 700ga yaqin filmlarini tomosha qildi. Avvalgi yilga nisbatan joriy yildagi kinolar soni 200taga ko‘proq.  

Rossiya muftiylari kengashi saytining ma'lumotlariga ko‘ra,  tadbirda festivalning faxriy raisi, RMK rahbari shayx Ravil Gaynutdin ishtirok etadi.

Forum yakuniga ko‘ra, eng yaxshi filmlar 10 nominatsiya bo‘yicha xaykalchalar, shuningdek, maxsus sovrinlar bilan taqdirlanadi.  
 

Top