19:51 / 06.09.2016
7880

Anqara Halabda 48 soat muddatga sukut tartibi kiritishni taklif qildi

Turkiya Suriyaning Halab viloyati hududida 48 soat muddatga sukut tartibi joriy qilish taklifini bildirgan. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga asoslangan holda Haberturk xabar bergan.

Bundan oldinroq Erdo‘g‘an Suriyada mamlakatning tinch aholisi uchun xavfsiz hududni tashkil qilish taklifini bergandi.

Bundan tashqari, Turkiya rahbari Xitoydagi G20 sammiti vaqtida Rossiya va AQSh rahbarlari bilan muzokaralarda Suriya osmonida parvozlardan xoli hudud barpo etish taklifini bildirgan.

Erdo‘g‘an Turkiya Suriyadagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha Rossiya bilan hamkorlik qilishini qayd etib o‘tgan.

U Suriyada Qurbon hayiti bayrami boshlanguniga qadar tinchlik o‘rnatilishiga umid qilayotganini aytgan.

Mavzuga oid
Top