09:31 / 06.09.2016
20934

Filippin prezidenti Obamani qattiq haqorat qildi

Filippin prezidenti 5 sentabr kuni Laosda o‘tadigan Sharqiy Osiyo sammiti arafasida bergan matbuot anjumani vaqtida amerikaliklar prezidenti Barak Obamani "fohishaning o‘g‘li" deb atadi va uni sammit vaqtida la'natlashga va'da qildi. U amerikalik hamkasbiga inson huquqlari bo‘yicha maslahatlari bilan "har yerga burun tiqmaslik"ni maslahat bergan. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Qayd etilishicha, bu bayonotga Obama sammitda Filippinda Duterte saylanganidan keyin jinoyatchilikka qarshi kurash doirasida 2 mingdan ortiq kishining o‘ldirilganini ko‘tarib chiqmoqchiligi sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, G20 sammiti vaqtida Obama Filippindagi giyohvandlik va jinoyatchilik muammolarini jiddiy muammolar sifatida keltirib o‘tgan.

"Men suveren davlat rahbariman. Biz endi mustamlaka emasmiz. Menga Filippin xalqidan boshqasi xo‘jayinlik qila olmaydi. U hurmat ko‘rsatishi lozim. Bayonotlar va savollarni havoga yo‘llash kerak emas. Fohishaning o‘g‘li, men bu sammitda seni la'natlayman", — degan u.

Sammit doirasida Obama Duterte bilan uchrashuv o‘tkazib, Filippinda inson huquqlariga rioya etilishi muammolarini ko‘tarishi kutilmoqda.

Bu chiqishdan keyin Oq uy bu ikki siyosatchining uchrashuvi o‘tkazilishiga shubha bildirgan.

Mavzuga oid
Top