22:56 / 06.09.2016
6416

Internetda "Rambler"ning 98 milliondan ortiq foydalanuvchisiga tegishli parollar tarqaldi

Internetda shaxsiy ma'lumotlarning tarqalishini nazorat qiluvchi LeakedSource.com sayti tarmoqda Rambler pochta servisining 98 million 200 ming nafar foydalanuvchisiga tegishli login va parollardan iborat shaxsiy ma'lumotlar aniqlangani haqida xabar berdi. Servisga 2012 yilning fevralida buzib kirilgan, deya taxmin qilinmoqda, lekin ma'lumotlar endi oshkor qilingan.

"Rambler"da buzib kirish haqida bilishlarini aytishgan. "Bu yerda hech qanday muammo yo‘q: bu baza 2014 yilda aniqlangandi, uni tahlil qilingandan so‘ng biz 4 million faol foydalanuvchini aniqladik - ularning barchasining parollari o‘zgartirildi", - deya ma'lum qildi Hi-Tech "Vesti"ga Rambler & Co vakili Sofya Ivanova.

Bu joriy akkauntlarga yangi parollardan hech biri tushmaydi, degani emas - odamlar majburiy o‘zgartirishdan keyin ko‘pincha eski parollarini qaytaradilar yoki eng oddiy variantlarni qo‘llaydilar (masalan, 12345678). Rambler & Co xodimlarining ta'kidlashicha, parollar anchadan beri shifrlangan ko‘rinishda saqlanadi. Bundan tashqari, foydalanuvchilarga ikki omilli avtorizatsiyani qo‘llash tavsiya qilinadi - bunda qo‘shimcha himoya uchun parolni kiritishdan tashqari SMS-kodni ham kiritish kerak bo‘ladi. 

 

Mavzuga oid
Top