23:19 / 06.09.2016
18349

Krimetsning goli O‘zbekiston terma jamoasiga yana bir g‘alabani keltirdi

Jahon chempionati – 2018 saralash bosqichining Osiyo mintaqasida 2-tur uchrashuvlari poyoniga yetdi.

O‘zbekiston terma jamoasi Dohaning “Al Sadd” stadionida Qatarga qarshi to‘p surdi. Mazkur o‘yinga qadar O‘zbekiston terma jamoasi tarkib borasida yo‘qotishlarga duch kelgan edi. Shunga qaramay, Samvel Babayan tarkibda deyarli o‘zgarishlarni amalga oshirgani yo‘q. Birinchi bo‘limda ikkala tomonda ham qator vaziyatlar bo‘lganiga qaramay, hisob ochilgani yo‘q.

Ikkinchi bo‘limda Aleksandr Geynrixning maydonga tushishi o‘yin sur'atini o‘zgartirdi. Aynan uning oshirgan jarima to‘pidan keyin himoyachi Yegor Krimets boshi bilan Qatar darvozasini ishg‘ol qildi. Bu gol o‘yinda yagonaligicha saqlanib qolindi. Shunday qilib, O‘zbekiston terma jamoasi Qatarni mag‘lub qilib, guruh peshqadami bo‘lib oldi.

Qatar – O‘zbekiston – 0:1

Gol: Yegor Krimets, 85

Mavzuga oid
Top