17:46 / 06.09.2016
5204

"Match TV" Rio-de-Janeyrodagi Paralimpiya o‘yinlarini yoritmaslikka qaror qildi

"Match TV" telekanali Rio-de-Janeyrodagi Paralimpiya o‘yinlarini translyatsiya qilmaydi. Bu haqda telekanal matbuot xizmati xabar bergan.

"Match TV" hamisha Paralimpiyachilar tomonida. Subxolding Riodagi Paralimpiya o‘yinlarini yoritish majburiyatini olmagan. Shu tufayli faqatgina yangiliklar dasturidagi ma'lumotlar bilan kifoyalanamiz", deyilgan xabarda.

Uning o‘rniga telekanalda Paralimpiadadan chetlatilgan rossiyalik paralimpiyachilar uchun Podmoskoveda tashkil qilingan alohida turnir yoritib boriladi.

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi Rossiya paralimpiya qo‘mitasini doping mojarolari fonida 2016 yilgi Paralimpiadadan chetlatgandi. XPK 175 nafar rossiyalik paralimpiyachiga turnirda ishtirok etishga ruxsat bermagan.

Bunga asosiy sabab sifatida Xalqaro antidoping agentligi (WADA)ning mustaqil komissiyasi rahbari Richard Maklaren tomonidan sportdagi doping haqida taqdim qilingan hisoboti ko‘rsatildi.

Mavzuga oid
Top