09:16 / 06.09.2016
21955

Namanganlik pensioner ta'ziya uchun Samarqandga velosipedda yo‘l oldi

5 sentabr tongida O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilish uchun 75 yoshli namanganlik pensioner Husan Hojiboyev Chortoq tumanidan Samarqandga velosipedda yo‘l oldi. Bu haqda Voditeli Tashkenta guruhida xabar qoldirilgan.

U birinchi kuni 110 km yo‘lni bosib o‘tgach, Qamchiq dovoniga yaqinlashib, G‘urumsaroyda tunagan.

"Samarqandgacha 521 km yo‘lni 4-5 kun velosipedda yurishi kerak. Tasavvur qilavering, bu nimani anglatadi", deya hayratini bildirgan feysbuk foydalanuvchilaridan biri.

Mavzuga oid
Top