12:50 / 06.09.2016
4852

OAV: Braziliya kompaniyasi sanksiyalarga qarshi faoliyat yuritganlikda gumon qilinayapti

Braziliya federal prokuraturasi mahalliy qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri Forjas Taurus firmasiga mahsulotlarini Yamanga noqonuniy tarzda yetkazib berish aybini ilgari surdi. Reuters agentligining xabar qilishicha, shu mazmundagi ayblov arizasi Riu-Grandi-du-Sul shtati sudiga taqdim etilgan.

Gap, 8 ming dona o‘qotar qurol, asosan pistolet va miltiqlar haqida bormoqda. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniya ishlab chiqargan mahsulotlarini sharqiy Afrikaning Jibuti davlatiga yetkazib bergan. U yerdan kontrabandachi Fares Muhammad Hasan Manaa Yamanga olib o‘tgan. 

Forjas Taurus kompaniyasi vakillari esa, ayblovni rad etib, Jibutidagi mijozlar oxirgi manzil hisoblanganini ta'kidlashmoqda. 

Mahkama jarayonida, o‘qotar qurollarni Afrika davlatiga yetkazib berish to‘xtatilgan. 
 

Mavzuga oid
Top