08:22 / 06.09.2016
8385

Sloveniya prezidenti hamdardlik bildirdi

Sloveniya prezidenti Borut Paxor O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan ta'ziya izhor etdi. Bu haqda «Jahon» axborot agentligi xabar bergan.

«Biz Sloveniyaning do‘sti, Sloveniya—O‘zbekiston munosabatlari mustahkamlanishiga muhim hissa qo‘shgan rahbar sifatida prezident Islom Karimov haqidagi xotirani asrab qolamiz», — deyiladi Paxorning ta'ziyanomasida.

«Sloveniya prezidenti ushbu og‘ir damlarda O‘zbekiston xalqiga o‘zining samimiy hamdardliklarini yo‘lladi», — deyiladi xabarda.

Top