15:25 / 06.09.2016
6758

Tramp AQShdagi iqtisodiy siyosatni tanqid qildi

AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampning bayonot berishicha, AQSh Federal zaxira tizimi qayta moliyalash stavkasini iqtisodiy pasayishning oldini olish maqsadida qasddan past darajada saqlab turibdi. Biroq, «qachondir» buni o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi, deb xabar qilmoqda Reuters. 

«Ular (FZT) qolgan barchasi vayron bo‘lmasligi uchun stavkani past ushlab turishibdi. Bizda (AQSh) juda ham noto‘g‘ri iqtisodiyot shakllangan», — degan Tramp qayta moliyalash stavkasining oshirilishi borasida berilgan savolga javob berar ekan. 

«Qachondir stavkani o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. AQSh iqtisodiyotining yagona kuchli tomoni sun'iy fond bozori bo‘lib qolmoqda», — deya qayd etgan milliarder. 

Mavzuga oid
Top