21:46 / 07.09.2016
8673

G‘arb va mahalliy biznes-tajriba simbiozi

Har bir tadbirkor ertami-kechmi qiyinchiliklarga to‘qnash keladi,ularni hamma har xil yengadi - kimdir mashhur keyslarga rioya qiladi, biznes-adabiyotlarni o‘rganadi, yana kimdir o‘zidan tajribaliroq bo‘lgan kishilarning maslahatiga quloq soladi, boshqa birov esa o‘z yo‘lidan boradi - urinishlar, xatolar, mag‘lubiyatlar osha muvaffaqiyatga erishadi. 

Shubhasiz, ishbilarmonlikdan saboq beruvchi kitoblar bilim olish uchun yaxshi vosita hisoblanadi, biroq bizda mahalliy biznes-adabiyotlar deyarli yo‘q, xorijiy mualliflarning tavsiyalari esa har doim ham o‘zbek bozorining xususiyatlari, mentaliteti, huquq tizimi va boshqa ko‘plab omillarni inobatga olmaydi. 

Hayotda muvaffaqiyatga erishgan, unga yetishish yo‘llari va yuzaga keladigan qiyinchiliklaridan boxabar insonning shaxsan o‘zidan o‘rganishning samaradorligi yuqori bo‘lishini inkor etib bo‘lmaydi. Shu bois o‘z sohasining ustalari va ilg‘or yetakchilarining mahorat darslari juda foydali ekanligi bilan ajralib turadi. Bugungi kunda biznesni o‘rganishning bunday yo‘li juda mashhur. 

10 sentabrda Murod Nazarovning "Ona zaminda yashash, sevish va muvaffaqiyatga erishish" mahorat darsi bo‘lib o‘tadi. Tadbirning o‘ziga xosligi shundaki, u biznes yuritishning Sharq va G‘arb yondashuvlar simbioziga asoslanadi. 

O‘zbekistonning omadli ishbilarmoni - Murod Nazarov o‘z bilimi va mamlakatda biznesni yo‘lga qo‘yish hamda rivojlantirish tajribasi bilan bajonidil bo‘lishadi. Tadbirga taklif qilingan xorijiy ekspert Maykl Beng esa samarali savdo sirlarini ochadi va G‘arbda muvaffaqiyatga yetaklovchi hamda bizda qo‘llash mumkin bo‘lgan tajribasi bilan bo‘lishadi.

Mahorat darsi yuqori amaliy qadr-qimmatga ega -  o‘zingiz bilan birga ko‘p yillar davomida sizga yordam beruvchi qimmatli bilimlar va samarali usullarni olib ketasiz. Bu omadli mahalliy tadbirkor Murod Nazarov va butun dunyoga tanilgan ekspert Maykl Beng tajribasini ularning o‘zidan eshitish uchun ajoyib imkoniyatdir. 

Mahorat darsining interfaol shakli sabab ishtirokchilar spikerlarga savollar bilan murojaat qilishlari, shuningdek hamkasblar va raqiblar bilan norasmiy sharoitda muloqot qilish mumkin bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, Murod Nazarovning "Ona zaminda yashash, sevish va muvaffaqiyatga erishish" mahorat darsi 10 sentabrda bo‘lib o‘tadi. Chiptalarni xarid qilishda chegirma tizimi mavjud. 

Gonorar sifatida olingan barcha pul vositalarini Murod Nazarov shahar obodonchiligi, xususan aholi zich joylashgan turar joylarda bolalar maydonchalarini qurishga sarflashni rejalashtirgan.

Tadbir hamkorlari: Korzinka.uz, Engelberg, IBT, NESCAFE GOLD Barista, Unique Present Media Holding, MICE Group, Chekhov Sport Club, WebNow, Bruno, Razzione, LED DESIGN GROUP, Salom Telekom, TezGo Kurerlik xizmati, vPodarok.uz, Istemolchi.uz.
Axborot hamkorlar: Afisha Media, Gazeta.uz, Kun.uz, Anhor.uz, Uzdaily.uz, Silkway.uz, RedPen, Anons.uz

Qo‘shimcha ma'lumotni www.change.uz sayti va quyidagi telefonlar orqali olishingiz mumkin: +998 90 994-12-11, +998 90 994-16-11, +998 90 995-12-11.

Top