21:01 / 07.09.2016
7704

Xitoyda inkassatorlar ichida 5 mln dollar bo‘lgan mashinani olib qochishdi

Xitoyda 4 nafar inkassator ichida 35 mln yuan (5 mln dollar) bo‘lgan zirhli mashinani olib qochdi. Bu haqda The Shanghai Daily nashri xabar bermoqda. 

Xitoyning qishloq xo‘jaligi bankiga tegishli bo‘lgan mashina Lyaonin viloyatidagi Dashitsyao uyezdida kunduz kuni yo‘qolib qolgan. Shundan keyin politsiya mashinani tashlab ketilgan holda topgan. Biroq uning ichida na pullar, na uni kuzatib borgan inkassatorlar bo‘lgan.

Huquq-tartibot muassasalari xodimlari inkassatorlardan birini ushlashgan. Qolgan uch nafar inkassator qidirilmoqda.

Xitoy qishloq xo‘jaligi banki bosh qarorgohi Pekinda joylashgan, mamlakatdagi eng yirik banklardan biridir. Bu bank 1951 yil Xitoy rahnamosi Mao Tszedun tomonidan kolxoz va fermerlarga yordam berish uchun yaratilgan va Xitoyning birinchi tijorat banki bo‘lgan. 

 

Top