Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyati hududida Mi-8 vertolyoti falokatga uchradi. Bu haqda "KazTransOyl" kompaniyasi matbuot xizmati ma'lum qilgan.
"Yevro-Aziya Eyr" aviakompaniyasiga tegishli vertolyotda "KazTransOyl" kompaniyasining 19 nafar xodimi va ekipajning 4 nafar a'zosi bo‘lgan.
"Hodisa oqibatida vertolyotdagi 4 nafar ishchi turli darajada jarohat olgan. Ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va shifoxonaga olib ketilgan. Qurbonlar yo‘q. Hodisa sabablari va boshqa tafsilotlar o‘rganilmoqda", deyilgan xabarda.