21:35 / 07.09.2016
10398

Navoz Sharif: Islom Karimov mustaqil siyosiy yo‘nalishga rioya etgan holda o‘z xalqi yo‘lini yoritib bordi

O‘zbekiston respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif O‘zbekistonning Islomoboddagi elchixonasiga tashrif buyurdi. U o‘z hamdardligini bildirar ekan, quyidagilarni qayd etdi.

"Prezident Islom Karimovning vafoti haqidagi xabarni chuqur qayg'u va alam bilan qabul qildim. Prezident oilasiga va butun o‘zbek xalqiga o‘z ta'ziyamni yo‘llashni istar edim.

Prezident Islom Karimov mustaqil siyosiy yo‘nalishga rioya etgani holda o‘z xalqi yo‘lini yoritib bordi. Uning oqilona va uzoqni ko‘zlagan rahbarligi ostida mamlakat hayotining barcha sohalarida O‘zbekiston ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi. Uning respublika taraqqiyoti va farovonligiga qo‘shgan hissasi mamlakat fuqarolarining qalblarida alohida o‘rin egallagan.

1992 yilning iyun oyida Islom Karimov bilan birinchi marotaba uchrashganimdan buyon men unga ishonchli sherikka qaragandek munosabatda bo‘ldim. Uning hayotdan ko‘z yumishi bilan Pokiston o‘zining buyuk va samimiy do‘stini yo‘qotdi.

Yaratgan uning ruhini shod etsin, bu yo‘qotishning boshdan o‘tishida marhumning oilasiga hamda o‘zbek xalqiga sabr va bardosh bersin", dedi u.

Mavzuga oid
Top