23:47 / 07.09.2016
6167

Obama AQSh strategik neft zaxirasining bir qismini sotishni taklif qildi

AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyati neft zaxiralarini saqlash infratuzilmasiga qo‘shimcha 1,5-2 mlrd dollar ajratmoqchi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi. Bu taklif Kongressga tasdiqlov uchun yuborilgan. 

Bu mablag‘lar neftning strategik zaxiralarini sotishdan olinadi. 2017 moliyaviy yilda gap 8 mln barrel neft sotish haqida ketmoqda. Joriy birja narxlariga ko‘ra bu hajm 400 mln dollarga baholanmoqda. 

Neft zaxiralari Kongress tomonidan 2018-2025 yillarda sotilishi ma'qullangan 124 mln barrel neftga qo‘shimcha ravishda sotiladi. Bu neftning sotilishi mamlakat yo‘l infratuzilmasini yaxshilash uchun yordam berishi kerak. 

 

Top